Mali Ukraina bilan aloqalarni uzdi
Mali hukumati Ukrainaning xatti-harakatlaridan norozi.

Bunday qarorga Ukraina tomoni iyul oyi oxirida Mali hukumati qo‘shinlari kolonnasiga va ular tomonida jang qilayotgan “Vagner” guruhi jangchilariga hujum qilgan tuareg isyonchilarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgani sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Mali hukumati Ukrainaning xatti-harakatlari mamlakat suverenitetini buzish, shuningdek, xalqaro terrorizmni qo‘llab-quvvatlash deb hisoblashini bildirgan.







