AQSH Nigerdagi so‘nggi bazasidan qo‘shinlarini olib chiqdi
Joriy yil boshida tuzilgan kelishuv bekor qilingandi.

Qo‘shma Shtatlar va Niger o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq mamlakatining shimolida Amerika dron bazasi tashkil etilgan edi. 2024 yilning mart oyida Niger Qo‘shma Shtatlar bilan harbiy kelishuvni bekor qildi. Afrika davlati rasmiylari kelishuv xalq manfaatlariga javob bermasligini bildirgan.
Qo‘shma Shtatlar va Niger mudofaa departamentlari ushbu mamlakatdagi 201-havo bazasidan Amerika qo‘shinlari va texnikasi olib chiqilishi yakunlanganini tasdiqladi.







