Xitoyda 2 qavatli bino qulab tushdi
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar bor.

Xitoyning Chjuxay shahridagi bino gaz portlashi oqibatida qulab tushdi. Bu haqida mahalliy nashrlar yozmoqda.
Qayd etilishicha, 2 qavatli bino portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, bir kishi jarohatlangan.
Mahalliy hokimiyat allaqachon voqea joyida favqulodda choralar ko‘rib, qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Hozir ular bino qulashining aniq sabablarini o‘rganmoqda.







