Jahon

Bangladeshda qatʼiy rejimli qamoqxonadan 200 dan ortiq mahbus qochib ketdi

Kuni kecha mamlakat shimolidagi qamoqxonadan ham 500 nafar mahbus qochib ketgandi.

Bangladeshda qatʼiy rejimli qamoqxonadan 200 dan ortiq mahbus qochib ketdi

Bangladeshning G‘ozipur shahridagi qatʼiy rejimli Kashimpur qamoqxonasi mahbuslari mamlakatdagi norozilik namoyishlari va tartibsizliklar tufayli ommaviy ravishda qamoqxonadan qochib ketdi. Bu haqida Jago axborot portali bergan xabarga tayanib “Report.az” maʼlum qildi.

 

“209 nafar mahbus qochishga muvaffaq bo‘lgan, ulardan olti nafari voqea joyida otib o‘ldirildi”, — deyiladi Jago axborot portali xabarida.

 

Qamoqxona vakili Subrata Kumarning aytishicha, mahbuslar 6 avgust, seshanba kuni tushdan keyin qochishga urinib, tartibsizliklar uyushtirgan. Qamoqxona qo‘riqchilari vaziyatga aralashgach, mahbuslar ularga hujum qilgan.

 

Qayd etilishicha, vaziyat faqat armiya kuchlari yordamida nazoratga olingan.

 

5 avgust kuni ertalab Bangladeshda hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar vaqtida tayoq va toshlar bilan qurollangan olomon Bangladesh shimolidagi Sherpur tumani qamoqxonasiga bostirib kirgan va undan 500 nafar mahbus qochib ketgandi.

Rossiyada vabo xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Rossiyada vabo xavfi: AQSh fuqarolariga mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

AQSh elchixonasi Rossiyadagi amerikaliklar uchun sog‘liq bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi.

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Ukrainada demografik muammo kuchaymoqda: 6 oyda mamlakatdan chiqishlar soni kirishlardan 223 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Harbiy yoshdagi erkaklar uchun xorijga chiqish cheklanganiga qaramay, Ukrainani tark etayotganlar soni ortmoqda.

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Saudiya Arabistonida turk harbiylari: Turkiya Saudiya Arabistonida harbiy baza ochishi mumkin

Anqara to‘rtta muhim gaz va elektr energiyasi inshootini havo mudofaasi tizimlari yordamida himoya qilishda ishtirok etadi.

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Vizasiz qatnov faqat havo yo‘llariga emas, quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlariga ham tatbiq etiladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Bangladeshda qatʼiy rejimli qamoqxonadan 200 dan ortiq mahbus qochib ketdi | Zamon.uz