Eron Isroildan qasos olish qarorini qayta ko‘rib chiqmoqchi
Tehron ko‘proq Vashingtonning pozitsiyasiga qo‘shilyapti.

Eron Isroilga keng ko‘lamli hujum uyushtirish qarorini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqida aamerikalik rasmiylarga tayanib, Politico nashri xabar bermoqda.
“AQSH Eronni keng ko‘lamli zarba faqat keskinlikni kuchaytirishi va Isroil bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka olib kelishi mumkinligidan jiddiy ogohlantirgan. Endi Tehron tobora ko‘proq Vashingtonning nuqtai nazariga qo‘shilyapti”, — deya fikr bildirdi gazeta manbalari.
Taʼkidlashicha, Eron bilan muzokaralarda amerikalik vakillar HAMAS yetakchisiga hujum paytida birorta ham Eron fuqarosi halok bo‘lmaganini alohida qayd etishgan.
Avvalroq Amerika ommaviy axborot vositalari o‘tgan dushanba kuni Eron Isroilga hujum uyushtirishi mumkinligi haqida yozgan edi. Keyinroq hujum payshanba-juma kunlariga rejalashtirilganligi haqida maʼlumotlar paydo bo‘ldi.







