Jahon

“Kolya Qirg‘iz”ning onasi 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Shuningdek, 76 yoshli Maya Aliyevaning mol-mulki musodara qilindi.

“Kolya Qirg‘iz”ning onasi 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi

2023 yilning oktyabrida huquq-tartibot idoralari maxsus operatsiyasi paytida o‘ldirilgan “Kolya Qirg‘iz” laqabi bilan tanilgan qirg‘izistonlik kriminal avtoritet Qamchibek Qo‘lboyevning onasi 76 yoshli Maya Aliyevaning mol-mulki musodara qilinib, 7 yilga ozodlikdan shartli mahrum etildi. Hukmni 8 avgust kuni Bishkek sudi eʼlon qildi.



Maya Aliyeva Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 222-moddasi ("Jinoiy daromadlarni legallashtirish") bo‘yicha ayblandi: uning nomiga o‘g‘li Qamchibek Qo‘lboyev tomonidan noqonuniy yo‘llar bilan qo‘lga kiritilgan 13 ta ko‘chmas mulk ro‘yxatga olingan. Prokuror xatlangan mulklarni davlat foydasiga musodara qilish bilan birga 10 yil qamoq jazosini so‘ragan edi.



Sud tayinlangan jazo bir yil sinov muddati bilan shartli deb hisoblanishini maʼlum qildi. Sudlanuvchi ushbu sinov muddati davomida jinoyatga qo‘l urmasa va sud tomonidan yuklangan majburiyatlarni bajarsa, hukm ijro qilinmaydi.



Sud hukmida aytilishicha, Maya Aliyeva nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan umumiy qiymati 2 milliard qirg‘iz so‘midan ortiq (deyarli 25 million dollar) bo‘lgan ko‘chmas mulk musodara qilinadi. Jumladan: Bishkekda bir nechta kvartiralar, Cho‘lpon-Ota shahridagi uy, Cho‘lpon-Ota kurort-rekreatsion hududidagi ikkita yer uchastkasi, Bo‘steri qishlog‘idagi do‘kon, ikkita katta qo‘yxona, Cho‘lpon-Ota shahridagi savdo majmuasi, Cho‘lpon-Ota shahridagi sug‘oriladigan ekin maydonlari, “Barlar” sport majmuasi.



Iyul oyida Aliyevaning yana bir o‘g‘li (uning jami 6 nafar farzandi bor) Jo‘ldoshbek Qo‘lboyev Qirg‘iziston prezidentiga videomurojaat qilib, onasi «insultga uchragani, yotoqdan turolmaydigan, aniq gapira olmaydigan bo‘lib qolgani, sud majlislari uning xonadonida o‘tayotganidan» shikoyat qilgan edi.



Qayd qilinishicha, Qamchibek Qo‘lboyevning bevasi Nuriya Tenteshevaga nisbatan ham sud hukmi chiqarilgan: u sirtdan 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi va qidiruvga berildi.



“Kolya-qirg‘iz” Qirg‘izistondagi eng mashhur kriminal avtoritetlardan biri edi. AQSH razvedka idoralari uni dunyodagi eng yirik narkobaronlar ro‘yxatiga va Qo‘shma Shtatlardagi mol-mulki musodara qilinishi kerak bo‘lgan sobiq SSSR mamlakatlaridan kelgan top-10 jinoyatchi qatoriga kiritgan. Qo‘lboyevni hibsga olish yoki uning uyushgan jinoiy guruhining «moliyaviy oqimini buzish»ga yordam beradigan maʼlumot uchun 5 million dollar mukofot eʼlon qilingandi.



Qo‘lboyev 2023 yil 4 oktyabr kuni Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlarining maxsus amaliyoti chog‘ida o‘ldirildi. Bir necha kun o‘tgach, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi uning noqonuniy yo‘llar bilan qo‘lga kiritgan, shu jumladan qarindoshlari va sheriklari nomiga rasmiylashtirilgan aktivlari qiymati 1 milliard dollarga yaqin ekanini maʼlum qildi. Tez orada jinoyatchi va uning yaqinlariga tegishli 720 ta xonadon davlat mulkiga o‘tdi. Mulkning bir qismi kim oshdi savdosiga qo‘yildi.

Tug‘ruqxonadagi sirli hodisa: yangi tug‘ilgan chaqaloq yo‘qoldi

Tug‘ruqxonadagi sirli hodisa: yangi tug‘ilgan chaqaloq yo‘qoldi

15 nafardan ortiq kishi so‘roq qilinmoqda, biroq bolaning qayerdaligi hozircha noma’lum.

Rossiyaga qarshi yangi cheklovlar: YI 23-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Rossiyaga qarshi yangi cheklovlar: YI 23-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Germaniya va Polsha yangi cheklovlar tashabbusini ilgari surmoqda.

Tramp ishonadi: Xitoy va Rossiya Eronga yordam bermayapti

Tramp ishonadi: Xitoy va Rossiya Eronga yordam bermayapti

AQSh prezidenti Pekin va Moskvaning Tehronga ko‘maklashayotgani haqidagi taxminlarni rad etib, ikki davlat bunday yordam tufayli ko‘p narsani yo‘qotishi mumkinligini ta’kidladi.

“Biz husiylarning hujumlarini keskin qoralaymiz” — Erdog‘an

“Biz husiylarning hujumlarini keskin qoralaymiz” — Erdog‘an

Turkiya prezidenti Saudiya Arabistonini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bunga O‘zbekistondan kelgan ayolning fuqarolik olishdagi muammosi sabab bo‘lgan.

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

Mamlakatning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2026-yil avgustida 215,55 milliard dollarga yetgan.

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

AQSH prezidenti uchinchi muddatda prezident bo‘lish istagini bildirdi.

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi ayrim migrantlarni rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.