O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Ukraina va Yaqin Sharq masalasiga to‘xtaldi

Shuningdek, prezident anʼanaviy savdo va transport zanjirlari buzilganini taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev Ukraina va Yaqin Sharq masalasiga to‘xtaldi

Shavkat Mirziyoyev bu haqida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvida alohida to‘xtalib o‘tdi.

 

“Markaziy Osiyo o‘zining geosiyosiy joylashuvi tufayli global ishonch inqirozi va mojarolar keskinlashuvining barcha salbiy oqibatlarini to‘liq boshdan kechirmoqda.

 

Ukraina atrofida va Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan voqealar mintaqaning barqaror rivojlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir ko‘rsatmoqda. Anʼanaviy savdo va transport zanjirlari buzildi. Biz sanksiyalar siyosatining asiriga aylandik, logistika xarajatlari sezilarli darajada oshdi, inflyatsiya bosimi kuchaymoqda. Jahon kapital bozorida imkoniyatlar qisqarmoqda, proteksionizm kuchayib, yangi-yangi to‘siqlar paydo bo‘lmoqda.

 

Mintaqamiz barqarorligining muhim omili hisoblangan qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar xalqaro kun tartibida ikkinchi darajaga tushib qoldi.

 

Shuni taʼkidlab o‘tmoqchimanki, Markaziy Osiyoning buguni va kelajagi, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi ko‘p jihatdan umumiy saʼy-harakatlarimizga, yaqindan hamkorlik qilish, qatʼiy choralar ko‘rish va mintaqa manfaatlarini birgalikda ilgari surishga tayyorligimizga bog‘liq.

 

Tashqi siyosat idoralarimiz tomonidan strategik hujjat – Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz”, — dedi Davlat rahbari sammitda so‘zlagan nutqida.

 

custom img

Yangihayotda qurilayotgan masjidda yong‘in: qutqaruvchilar yetib bordi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

Qalbaki pullar va “bosmaxona”: Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

Pullar tayyorlab sotganlikda gumonlangan ikki shaxs ushlangan.

custom img

Tirbandlik va xavfsizlik masalasi: Zangiotada yangi temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi

Yangi inshoot transport oqimini tartibga solish, tirbandliklarni kamaytirish va haydovchi hamda piyodalar uchun xavfsiz harakatlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

custom img

17 ta oliygohda boshqaruv o‘zgardi: Oliy ta’lim vazirligiga yangi vakolatlar berildi

O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

custom img

Irkutskdagi kasallik gumoni: O‘zbekistonda epidemiologik nazorat kuchaytirildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘ta xavfli yuqumli kasallikka gumon qilingan holat bo‘yicha vaziyat kuzatilmoqda.

custom img

Kredit olishdan oldin ogohlantirish: banklar uchun yangi talablar belgilandi

Markaziy bank qarori bilan kredit reklamalari va shartnomalarida qarzdorlik xavflarini ochiq ko‘rsatish talab etiladi.

custom img

Baxtsiz hodisa va og‘ir jarohat: Rossiyadagi vatandosh O‘zbekistonga qaytarildi

Unga parvoz vaqtida ikki nafar o‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassisi hamrohlik qilgan.

custom img

“Umra” evaziga 4800 dollar: noqonuniy xizmat ko‘rsatishga urinish fosh etildi

Ziyoratni tashkil etishga vakolati bo‘lmagan shaxs 4 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"