Trampning saylovoldi kampaniyasiga xakerlar hujum qildi
Ular sobiq prezidentning ichki hujjatlariga kirishgan.

Xakerlar AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning saylovoldi kampaniyasidagi ichki hujjatlarga kirish imkoniga ega bo‘ldi.
Buzg‘unchilikda “AQSHga dushman bo‘lgan xorijiy manbalar” ayblangan, lekin ular qaysi davlat uchun harakat qilayotganiga aniqlik kiritilmagan.
Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengashi (MXK) vakiliga ko‘ra, Adliya vazirligi bu masalani ko‘rib chiqmoqda, Federal tergov byurosi esa izoh berishdan bosh tortgan.







