Gretsiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi
Yong‘inni o‘chirishga 250 dan ortiq xodim jalb qilingan.

Mamlakat shimolidagi besh viloyat maʼmuriyati o‘rmon yong‘inlari sababli aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha xabarnomalar yubordi. Shamolli va issiq ob-havo alanganing tez tarqalishiga sabab bo‘lmoqda, deb yozadi Reuters.
Yong‘in Afinadan 35 km uzoqlikda joylashgan Varnava qishlog‘iga yetib bordi. Yong‘inni o‘chirishga yetti vertolyot, 12 ta samolyot hamda 250 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan, biroq yong‘in hali to‘xtatilgani yo‘q.







