Ukraina rasmiylari Kurskka hujumdan keyin Rossiya tomonidan kuchli raketa zarbasiga tayyorlanmoqda
Bu haqida The Times gazeta Ukraina qo‘mondonligidagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Kiyevdagi qator obyektlarga, jumladan, parlament va boshqa hukumat binolariga hujumlar bo‘lishi mumkin.
"Rossiya dunyoga o‘zining qudratli ekani va Kursk viloyatiga hujum kabi holatlar jazosiz qolmasligini ko‘rsatish uchun juda qattiq javob berish zarurligini his qilmoqda. Ular qanotli va ballistik raketalar kabi bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz uchun katta muammoga aylanishi mumkin bo‘lgan kuchli qurollardan foydalanishadi", — deya fikr bildirdi nashrning manbalaridan biri.
Shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining kechki murojaatida mamlakat havo mudofaasini kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.







