Jahon

Turkmanistonda SIM-karta sotish to‘xtatildi

Mamlakatda telefon raqamlari tanqisligi kuzatilmoqda.

Turkmanistonda SIM-karta sotish to‘xtatildi

Turkmanistonning yagona mobil operatori — “Oltin Asr” SIM-kartalar sotuvini to‘xtatdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, kompaniya telefon raqamlari tanqisligiga duch kelgan, bu esa hatto endigina pasport olgan 16 yoshli fuqarolarga ham xizmat ko‘rsatishni rad etishga sabab bo‘lmoqda.

 

Hozircha mijozlar uchun mavjud yagona narsa bu — allaqachon mavjud bo‘lgan SIM-kartalardagi tarif rejasini o‘zgartirishdir.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"