Jahon

Turkiya parlamentida deputatlar mushtlashib ketdi

Janjal taxminan 20 daqiqa davom etgan.

Turkiya parlamentida deputatlar mushtlashib ketdi

Mushtlashuv hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Alpay O‘zalan muxolifatdagi Turkiya Ishchilar partiyasi vakili Ahmet Shikning yuziga musht tushirganidan keyin boshlangani aytilmoqda. Bunga Shikning Turkiya rasmiylariga keskin tanqidi sabab bo‘lgan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videoda Ozalanning Shikga musht tushirgani, boshqa deputatlar bir-biriga hujum qila boshlaganida uning yerga yiqilib tushishiga sabab bo‘lganini ko‘rish mumkin. Turk matbuotiga ko‘ra, mushtlashuv taxminan 20 daqiqa davom etgan, parlament polida qon dog‘lari qolgan, biroq parlamentariylardan hech biri tibbiy yordamga murojaat qilmagan.

 

Ahmet Shik yozuvchi, jurnalist va Prezident Erdo‘g‘onning qattiq tanqidchisi sifatida ham tanilgan. 2016 yilda u Turkiya davlatini haqorat qilganlikda gumonlanib, hibsga olingandi. 2018 yilda u terrorizmni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblanib 7,5 yilga qamalgan, biroq sud uni ozod qilgan va o‘sha yili Turkiya parlamentiga deputat etib saylangan.

custom img

Misr Makka shartnomasiga qo‘shilishi mumkin

Tashqi ishlar vaziri masala huquqiy va texnik jihatdan ham ko‘rib chiqilishini bildirdi.

custom img

Italiyada o‘q-dori zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Portlashdan oldin korxona hududida yong‘in chiqqan va voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar hamda politsiya xodimlari yetib borgan, jabrlanganlar yo‘q.

custom img

Jurnalistlar Trampni sudga berdi

Ikki media tashkiloti Truth API xizmatini to‘xtatishni va Oq uyning rasmiy bayonotlarini faqat ushbu platforma orqali e’lon qilishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilmoqda.

custom img

Rossiyalik bloger qozoqlarning rus tilini bilmasligini tanqid qilgani uchun Qozog‘istondan chiqarib yuborildi

Kseniya Guzayevaga Qozog‘istonga 5 yil muddatga kirish taqiqlandi.

custom img

Qirg‘izistonda 8 kunlik chaqaloqdan olma kattaligidagi o‘sma olib tashlandi

Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa murakkab jarrohlik amaliyoti bajarildi.

custom img

Rossiyada migrantlar uchun daromad solig‘ini oshirish taklif qilindi

Shuningdek, soliq to‘lamagan xorijliklarni deportatsiya qilish taklifi ham ilgari surildi.

custom img

Putin ilk bor Kuril orollariga tashrif buyurdi — Yaponiya e’tiroz bildirdi

Yaponiya TIV Iturup va boshqa janubiy Kuril orollarini o‘z hududi deb hisoblashini ta’kidlagan.

custom img

Ukrainada farzandsiz ayollarni frontga yuborish taklif qilindi

Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchisi mamlakatda harbiy xizmatga yaroqli aholi kamayib borayotganini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"