Yaponiya mudofaa xarajatlarini oshirmoqchi
Bunga Xitoydan kelayotgan tahdid sabab bo‘ldi.

Yaponiya 2025 yilda mudofaa byudjetini rekord darajada oshirmoqchi. Bu haqida Kyodo agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mudofaa byudjeti 54 milliard dollarga oshiriladi. Bunga Xitoydan kelayotgan tahdid sabab bo‘ldi.
“Yaponiya harbiylari uzoq orollarini, xususan, Tayvanga yaqinligi tufayli muhim bo‘lgan Nansey orollarini himoya qilish uchun dronlardan foydalanishni rejalashtirmoqda”, deyiladi xabarda.







