Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi
Ertaga Prezident tadbirkorlar bilan uchrashadi.

Safar davomida sanoat korxonalari, IT va ijtimoiy soha obyektlarini ko‘zdan kechirish, mahallalarda aholi hayoti bilan tanishish rejalashtirilgan. Yangi majmualar ishga tushirilib, navbatdagi loyihalar boshlanadi.
20 avgust kuni Nukus shahrida O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tadi.







