Zelenskiy Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumidan ko‘zlagan maqsadini aytdi
Ukraina yetakchisi AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya rahbarlariga alohida murojaat qilib, ularni yangi harbiy yordam yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi.

"Bizning Kursk viloyatidagi mudofaa harakatlarimizning asosiy vazifasi — Rossiyaning harbiy salohiyatini imkon qadar ko‘proq yo‘q qilish va maksimal qarshi hujum ishlarini bajarish. Xususan, tajovuzkor davlatning hududida bufer zonani yaratish", — deya aniqlik kiritdi Ukraina prezidenti o‘z videomurojaatida.
Zelenskiy, shuningdek, Donesk viloyatidagi frontdagi vaziyatni izohlar ekan, rus harbiylari Toretsk va Pokrovskiy yo‘nalishida o‘nlab hujumlar uyushtirganini, biroq Ukraina Qurolli kuchlari o‘z pozitsiyalarini saqlab qolish uchun kerakli harakatlarni qilayotganini bildirdi.







