Jahon

Afg‘oniston hukumati BMT maxsus maʼruzachisining mamlakatga kirishini taqiqladi

Bu haqida Germaniyaning Deutsche Welle telekanaliga bergan intervyusida Tolibon rasmiysi Zabihulloh Mujohid maʼlum qildi.

Afg‘oniston hukumati BMT maxsus maʼruzachisining mamlakatga kirishini taqiqladi

Afg‘oniston hukumati BMTning Afg‘onistondagi inson huquqlari bo‘yicha maxsus maʼruzachisi Richard Bennetning mamlakatga kirishini taqiqladi.

 

“Janob Bennetning Afg‘onistonga safari taqiqlangan, chunki u Afg‘onistonda tashviqot olib borishga tayinlangan. U biz ishonadigan odam emas. Uning Afg‘onistonda o‘rni yo‘q, targ‘ibot ishlari bilan band bo‘lgani uchun kelishiga ham ruxsat berishmayapti. U mayda-chuyda masalalarni bo‘rttirib, boshqa muassasalarga yolg‘on maʼlumot berdi”, — dedi Mujohid.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT institutlari Afg‘onistonda bo‘layotgan “ijobiy voqealar”ni ko‘rmaydi, balki diqqatini “o‘z fikricha, zaif masalalarga” qaratadi.

 

"Ular Afg‘onistonga qarshi tashviqot olib borish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda", — deya qo‘shimcha qildi u.

 

Bennet 2022 yil aprelida BMTning Afg‘onistondagi inson huquqlari bo‘yicha maxsus maʼruzachisi etib tayinlangan. U Afg‘onistonning amaldagi maʼmuriyatini mamlakatdagi inson huquqlari ahvoli uchun tanqid qilgan.

 

O‘z navbatida, Afg‘oniston maʼmuriyati xalqaro hamjamiyatning, xususan, inson huquqlari sohasidagi hisobotlari “Afg‘onistondagi voqeliklarga zid” ekanini daʼvo qilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Afg‘oniston hukumati BMT maxsus maʼruzachisining mamlakatga kirishini taqiqladi | Zamon.uz