Vashington AQSHning yadroviy tiyib turish strategiyasini qayta ko‘rib chiqdi
The New York Times nashrining yozishicha, prezident Jo Bayden mart oyida mamlakat yadro strategiyasiga maxfiy o‘zgarishlarni maʼqullagan.

Yangi doktrina nafaqat Rossiyadan, balki Xitoy va KXDR tomonidan ehtimoliy tahdidlarga tayyor turishni nazarda tutadi. Bunga Pekin va Pxenyanning so‘nggi yillarda yadro arsenallari soni ortgani sabab bo‘lmoqda.
Hujjatlar shu qadar maxfiyki, ular faqat qog‘oz ko‘rinishida va Pentagonning bir nechta harbiy rahbarlariga juda cheklangan miqdorda taqdim etilgan. Gazeta maʼlumot manbasini ko‘rsatmadi, biroq Bayden vakolat muddati tugagach (2025 yil 20 yanvargacha) yadro strategiyasi o‘zgarishi haqida Kongressni xabardor qilishini qo‘shimcha qiladi.







