Yerevandagi Belarus elchixonasiga kartoshka, tuxum va pomidorlar uloqtirildi — video
Norozilik namoyishchilari elchixona vakillariga qarata “Armanistondan ketinglar” deya baqirgan.

Bunga Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoning Armaniston hukumatining G‘arb davlatlari bilan yaqinlashayotgani haqidagi so‘zlari sabab bo‘ldi.
"G‘arbda Armanistonni unutishadi. Xo‘sh, bu qanday siyosat?! Armanlar bizdan boshqa kimga kerak? Ular hech kimga kerak emas", — deya fikr bildirgan edi Lukashenko.
Huquq-tartibot xodimlari norozilik namoyishiga aralashmagan. Namoyishga chiqqanlar Armaniston hukumatidan Belarus bilan diplomatik munosabatlarni uzish, Belarus elchisi va diplomatlarini "persona non grata" deb eʼlon qilishni talab qildi. Minsk bilan barcha ikki tomonlama kelishuvlar, shu jumladan, fuqarolarning vizasiz sayohati haqidagi kelishuvini ham bekor qilishni so‘radi.







