“Tolibon” ayollarga erkaklarga qarashni taqiqladi
Bu bo‘yicha 114 betlik yangi ko‘rsatmalar eʼlon qilindi.

Ularga ko‘ra, ayollar begona erkaklarga qaramasligi va ularga gapirishdan tiyilishi lozim. Shuningdek, ovozlari tashqariga eshitilmasligi uchun uy ichida baland ovozda gaplashish ham man etilgan.
Bundan tashqari, ayollarning jamoat joylarida qo‘shiq aytishi va Qurʼon o‘qishi taqiqlangan, kiyimlari tor yoki kalta bo‘lmasligi lozim.
Taksi haydovchilariga “hijobsiz yoki erkak vasiysi bo‘lmagan ayollarni” tashimaslik bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Yangi qoidalarga qarshi chiqqan ayollar hibsga olinadi va qamoqqa tashlanadi, deyiladi “Tolibon” xabarida.
Erkaklarga ham jamoat joylarida ayollarning yuziga qarash taqiqlanadi. Bundan tashqari, ularga soqollarini qisqartirish va olish ham man etilgan.







