“Ukraina kulrang hududga aylanishiga yo‘l qo‘ymaymiz”
Zelenskiy mustaqillik kuni munosabati bilan nutq so‘zladi.

Ukraina prezidenti o‘z murojaatida Rossiyani “dunyodagi birinchi raqamli terrorchi davlat”, Vladimir Putinni esa “ko‘z nuri so‘ngan kasal chol” deb atagan.
“Biz haqli ravishda ko‘k-sariq bayroq bo‘lishi kerak bo‘lgan yerning kulrang hududga aylanishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Qizil maydondagi kasal bobo doimiy ravishda qizil tugma bilan tahdid qilib, bizga qizil chiziqlarini ko‘rsatib turmaydi”, —dedi Zelenskiy.







