Misr Prezidenti Turkiyaga bormoqchi
Bu uning mamlakatga birinchi rasmiy tashrifi.

4 sentyabrga mo‘ljallangan tashrifning asosiy mavzusi G‘azo sektori atrofidagi vaziyat bo‘ladi, ikki tomonlama munosabatlar ham muhokama qilinadi va Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
2013 yilda Turkiya ittifoqchi deb hisoblagan “Musulmon birodarlar” partiyasidan prezident Muhammad Mursiy hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashgandi.







