Pavel Durov Parijda hibsga olindi
U 20 yilga qamalishi mumkin.

Telegram asoschisi va bosh direktori shanba kuni kechqurun Fransiya poytaxti Parij shahridagi aeroportda qo‘lga olindi. 39 yoshli tadbirkorga uning qo‘riqchisi va bir ayol hamrohlik qilgan.
Durovning hibsga olinishiga sabab, uning xavfsizlik kuchlari bilan hamkorlik qilmagani bo‘lgan. Fransiya qonunchiligiga ko‘ra, Durov bu qilmishi uchun giyohvand moddalar savdosi va boshqa og‘ir jinoyatlarda sherik sifatida ko‘riladi.
Pavel Durovga qo‘yilgan ayblovlar qatoriga terrorizm, giyohvandlik, jinoiy sherikchilik, firibgarlik, pul yuvish, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash hamda telegramdagi pedofiliyaga asoslangan kontentlar kiradi.
Bu ayblovlar bilan Durov Fransiyada 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Telegram asoschisi tez orada sudda Fransiya fuqarosi sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.







