“Kamala Xarrisning prezidentligi AQSH uchun falokat”
Ilon Mask Amerikadagi saylov haqida gapirdi.

Tadbirkorning fikricha, Donald Tramp prezidentlikka qayta saylansa, demokratiya va Amerikani qutqarishi mumkin.
“Tramp demokratiya va Amerikani qutqaradi. Mening so‘zlarimni eslab qoling. Kamala Xarris esa falokat bo‘ladi", - deya taʼkidladi amerikalik tadbirkor.
AQSHda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Respublikachilar partiyasi Trampni o‘z nomzodi sifatida ko‘rsatdi, amaldagi vitse-prezident Kamala Xarris esa demokratlar uchun kurashmoqda.







