Polsha 4 kunlik ish haftasini joriy qilmoqchi
Yangi tartib 2025 yilgi saylov arafasida kuchga kirishi mumkin.

Polsha hukumati 2027-yilda muddati tugagunga qadar ish vaqtini qisqartirish bo‘yicha Mehnat kodeksiga o‘zgartirish kiritishini tasdiqladi.
Mamlakatda to‘rt kunlik yoki yetti soatlik ish kunini joriy etish orqali ish vaqtini qisqartirish taklif qilinmoqda.
Hozir ikkala variant ham ko‘rib chiqilayotganini hisobga olsak, hukumat aʼzolari juma yoki dushanba kunlarini dam olish kunlari deb eʼlon qilishi mumkin.
“O‘rtacha ish haftasini 40 soatdan 35 soatga qisqartirish yoki to‘rt kunlik ish haftasini joriy etish ko‘rib chiqilmoqda. Qaysi biri yaxshiroq variant bo‘lsa, o‘sha qabul qilinadi”, dedi oila, mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri.
Tadqiqotlarga ko‘ra, Polshada 7 soatlik ish kunidan ko‘ra qo‘shimcha dam olish kuni berilishini maʼqullovchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ish beruvchilarning 70 foizi ham to‘rt kunlik ish haftasini afzal ko‘radi.
Mehnat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha muzokaralar bahorda yakunlanishi kutilmoqda, chunki ish vaqtining qisqarishi 2025 yilgi prezidentlik saylovi kampaniyasida hukmron koalitsiyaga yordam berishi mumkin.







