O'zbekiston

Turkiyada tutqunlikda saqlangan o‘zbekistonlik ayol qutqarildi

Hozirda ayolni O‘zbekistonga qaytarish ishlari davom etmoqda.

Turkiyada tutqunlikda saqlangan o‘zbekistonlik ayol qutqarildi

Bosh konsulxonaga Tashqi ishlar vazirligi orqali Qarshi shahridan 21 yoshli fuqaro o‘z onasining Istanbulga 4 yil oldin ketgani, 3 yildan beri aloqaga chiqmayotganini aytib, onasini topish va vatanga qaytarishda yordam so‘ragan murojaati kelib tushgan.

 

Olib borilgan tekshirishlar davomida 1982 yil Qarshi shahrida tug‘ilgan X.D. Turkiyaning Ushoq shahrida Turkiya fuqarosi M.G. tomonidan erkiga xilof ravishda tutqunlikda ushlab turilganligi aniqlangan. 

 

Joriy yilning 27 avgust kuni Bosh konsulxona, Tashqi mehnat migratsiyasining Istanbul shahridagi vakili, “O‘zbek ayollari huquqlarini himoya qilish” jamiyati va Turkiya Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

 

“Natijada vatandoshimizning hayotiga va sog‘ligiga ziyon yetkazilmagan holda qutqarilib Ushoq shahar ichki ishlar boshqarmasiga yetkazildi”, - deyiladi xabarda.

 

Turkiya qonunchiligiga binoan shaxsni erkiga xilof ravishda tutqunlikda saqlaganligi uchun M.G.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda X.D.ni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha tegishli ishlar davom ettirilmoqda.

custom img

Ekologik ekspertiza xulosasi: uni endi onlayn olish mumkin

Belgilangan to‘lov ham onlayn amalga oshiriladi.

custom img

Suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi: 5 oktyabrdan o‘chiriladi

2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

custom img

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda yomg‘ir oldidan shamol kuchayishi sabab qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

custom img

Juda ko‘p miqdordagi firibgarlik: gumonlanuvchi Gruziyada qo‘lga olindi

Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlari ishtirokida fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"