Janubiy Koreya ham Telegram‘ga qarshi tergov boshladi
Messenjer yolg‘on xabarlarni tarqatishda ayblanmoqda.

Yonhap agentligining xabar barishicha, Fransiyaning ortidan Janubiy Koreya politsiyasi ham Telegram‘ga qarshi tergovni boshlagan.
Ish yolg‘on xabarlarni tarqatish bilan bog‘liq jinoyatlarga aloqador.
Seul tergov doirasida Parij va xalqaro tashkilotlar bilan ehtimoliy hamkorlik o‘rnatishni rejalashtirmoqda.







