O'zbekiston

O‘smir va yoshlar oldida yangi xavf: giyohvand moddalar va psixotrop moddalarga qaramlik

Bugun AOKAda Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlar, mutasaddi tashkilotlar hamda OAV, yangiliklar saytlari bosh muharrirlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda aynan shu masala yuzasidan xavf tug‘dirayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.

O‘smir va yoshlar oldida yangi xavf: giyohvand moddalar va psixotrop moddalarga qaramlik

Xususan, aholi, shu jumladan, o‘smir va yoshlarning giyohvandlik moddalari va psixotrop, tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari hamda yangi turdagi sintetik moddalar isteʼmoli sog‘lom avlodni shakllantirishdagi tahdidlarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritish, bu kabi salbiy illatlarga qarshi kurashni keng targ‘ib qilish choralari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

 

Shuningdek, aholi orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga nisbatan qarshi immunitetni shakllantirish, inson salomatligini taʼminlashga qaratilgan ishlarda OAVning rolini kuchaytirish tahlillar asosida ko‘rsatildi.

 

 

Shu bilan birga, yangi turdagi sintetik giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni inson omilisiz Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda aholi, ayniqsa yoshlar orasida oson tarqatilayotgani masʼul davlat tuzilmalarining, shu jumladan, media vakillarining bu boradagi faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish zarurati qayd etildi.

 

Taʼkidlanishicha, respublikamizda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasining barvaqt oldini olish, aholida ularni isteʼmol qilishga nisbatan “immunitet”ni shakllantirish orqali genofondimizga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish imkoniyatini hosil qilish mumkin.

 

 

Mutasaddilar O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyadagi ustuvor maqsadlarni amaliyotda qo‘llash ahamiyati borasida alohida to‘xtalishdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘smir va yoshlar oldida yangi xavf: giyohvand moddalar va psixotrop moddalarga qaramlik | Zamon.uz