Jahon

Durov Fransiyada hibsga olinganiga birinchi marta izoh berdi

Telegram asoschisi fransuz politsiyasining o‘zi yaratgan platformadagi uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari uchun shaxsan javobgar bo‘lishi mumkinligiga ishonishini “hayratlanarli” deb atadi.

Durov Fransiyada hibsga olinganiga birinchi marta izoh berdi

"Fransiya rasmiylari xohlaganlarida men bilan ko‘plab usullarda bog‘lanishlari mumkin edi. Xususan, men tez-tez tashrif buyurib turadigan Dubaydagi Fransiya konsulligi orqali ham aloqaga chiqishlari mumkin edi, — deya fikr bildirdi Telegram asoschisi.

 

Durovning so‘zlariga ko‘ra, hech bir innovator foydalanuvchilar tomonidan ushbu texnologiyalarni suiisteʼmol qilish ehtimoli uchun shaxsan javobgar bo‘lishi mumkinligini bilsa, yangi texnologiyalar yaratmaydi.

 

Pavel Durov Telegram “maxfiylik va xavfsizlik o‘rtasidagi to‘g‘ri muvozanat” bo‘yicha kelisha olmaydigan mamlakatlarni tark etayotganini taʼkidladi:

 

"Rossiya kuzatuvni faollashtirish uchun bizdan “shifrlash kalitlari”ni topshirishni talab qilganida, biz buni ko‘p marta rad etganmiz. Natijada messenjer Rossiyada taqiqlandi. Telegram “anarxistik jannat” emas. “Avgust voqealari” platformaning “xavfsizroq va kuchliroq” bo‘lishiga olib keladi", — deya qo‘shimcha qildi Durov.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Durov Fransiyada hibsga olinganiga birinchi marta izoh berdi | Zamon.uz