Jahon

Zelenskiy Italiya bosh vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuv Italiyadagi “Ambrozetti” forumi doirasida bo‘lib o‘tgan.

Zelenskiy Italiya bosh vaziri bilan uchrashdi

Vladimir Zelenskiy Jorja Meloni bilan jang maydonidagi vaziyat, Rossiyaning Ukraina infratuzilmasiga hujumlari va mamlakatning mudofaa ehtiyojlari haqida suhbatlashdi.

 

Zelenskiy va Meloni, shuningdek, Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan Kiyevga 50 milliard dollar kredit berish haqidagi G7 qarorining amaliy ijrosini muhokama qilishdi.

 

Bundan tashqari, Zelenskiy Italiyaning 2025 yilda bo‘lib o‘tadigan Ukrainani tiklash bo‘yicha navbatdagi konferensiyani o‘tkazish qarorini qayd etdi.

 

“Ambrozetti” forumi doirasida Zelenskiy Niderlandiyaning o‘ta o‘ngchi “Ozodlik” partiyasi rahbari Gert Vilders bilan ham uchrashdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"