Eron mamlakat poytaxtini ko‘chirmoqchi
Bunga iqtisodiy omillar sabab qilib ko‘rsatildi.

Eron hukumati mamlakat poytaxtini janubga, Fors ko‘rfazi qirg‘oqlariga yaqinroq joyga ko‘chirishni rejalashtirmoqda.
Eron prezidenti Masʼud Pezeshkiyonning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiy sabablarga ko‘ra Tehronni poytaxt sifatida saqlab qolishning iloji yo‘q.
"Yangi poytaxt uchun hudud tanlangach, u yerga barcha davlat idoralari ko‘chiriladi. Shundan so‘ng aholiga ko‘chib o‘tish imkoniyati beriladi", — deya aniqlik kiritdi prezident.







