Jahon

Tramp ilk debatda Harrisga yutqazdi

AQSHda mamlakat prezidentligi uchun nomzodlar o‘rtasidagi birinchi debat bo‘lib o‘tdi.

Tramp ilk debatda Harrisga yutqazdi

AQSH prezidentligiga nomzodlar — respublikachi Donald Tramp va mamlakatning amaldagi vitse-prezidenti, demokrat Kamala Harris saylovoldi poygasidagi ilk teledebatni o‘tkazdi.

 

Migratsiya siyosati, ishsizlikka qarshi kurash, inflyatsiya va Ukrainadagi urush AQSH prezidentligiga nomzodlar o‘rtasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan mavzulardan faqat bir qismi bo‘lib, ular davomida o‘zaro tanqidlar ham kuzatildi va ikki nomzod bir-birini yolg‘onchilikda aybladi.

 

Harrisning so‘zlariga ko‘ra, Tramp u va hozirgi davlat rahbari Jo Baydenga "Buyuk depressiyadan keyingi eng yomon ishsizlik"ni meros qilib qoldirgan. Bundan tashqari, sobiq prezident "asrning eng yomon pandemiyasi" va "fuqarolar urushidan beri bizning demokratiyamizga qilingan eng jiddiy hujum" uchun javobgardir, dedi Harris. So‘nggi gapida Kamala Harris 2020 yilgi saylovlardagi g‘alabasi undan o‘g‘irlangan deb hisoblagan Tramp tarafdorlari tomonidan AQSH Kongressi binosiga bostirib kirilishini nazarda tutgan.

 

11 sentyabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan debatlar chog‘ida Tramp o‘zining bu saylovda mag‘lub bo‘lgani haqidagi so‘zlari "istehzo bilan" aytilganini bildirdi. Biroq boshlovchilar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘ralganda, u yana 2020 yilgi saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortdi.

 

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi mavzusi, shuningdek, Vashington uni to‘xtatish uchun qanday choralar ko‘rayotgani bahsda hal qiluvchi bo‘lmasa-da, nomzodlar tomonidan ko‘tarildi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp ilk debatda Harrisga yutqazdi | Zamon.uz