O'zbekiston

Samarqandda tabiatga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Maʼlum bo‘lishicha, Qizil kitobga kiritilgan 2,6 ming tup o‘simlik payhon qilingan.

Samarqandda tabiatga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan “Omonqo‘ton” milliy tabiat bog‘iga bir necha nomaʼlum shaxs bolalar dam olish oromgohi orqali noqonuniy tarzda kirib, maxsus texnikalar yordamida qazish ishlarini amalga oshirgan.

 

Ular milliy tabiat bog‘iga tegishli bo‘lgan maydonda Taxtiqoracha dovoni bilan bog‘lovchi yo‘l hosil qilganligi maʼlum bo‘ldi. Buning oqibatida yo‘lda mavjud bo‘lgan jami 64 tup daraxt va butalar hamda Qizil kitobga kiritilgan 12 turdagi 2,6 ming tup o‘simliklar payhon qilinib, tabiatga 1 mlrd 115 mln so‘m zarar yetkazilgan.

 

Ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishli chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborilgan.

custom img

O‘zbekistonda belgilangan tezlikni 80 km/soatdan oshirganlik uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilish taklif etildi

Ayrim qoidabuzarliklar uchun avtomototransport vositasini 6 oydan 1 yilgacha vaqtincha olib qo‘yish nazarda tutilmoqda.

custom img

Mustaqillik bayrami oldidan O‘zbekistonda "Dolzarb 40 kun" tozalik tadbirlari boshlandi

Tadbir doirasida hududlarda obodonlashtirish, sanitariya-tozalash va chiqindilarni boshqarish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining yana bir global tashabbusi BMTda keng e’tirof etildi va qabul qilindi

Tashabbusda parlamentlarning ijtimoiy rivojlanishdagi o‘rni, ayollar va yoshlarning parlamentdagi ishtirokini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari o‘z aksini topgan.

custom img

Toshkentdagi 9 qavatli uy yonidagi kotlovan o‘pirilishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

custom img

O‘zbekiston maktab va OTMlarida xavfsizlikning yangi tartibi joriy etiladi

Ta’lim muassasalari hududiga begona shaxslarning ruxsatsiz kirishi taqiqlanadi, tashrif buyuruvchilar esa maxsus tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda yana bir yo‘nalishda “Yashil to‘lqin” svetofor tizimi ishga tushirildi

Kichik halqa avtomobil yo‘lining 1,7 kilometrlik qismida beshta svetofor sinxronlashtirilib, harakatlanish vaqti 45 foizga qisqardi.

custom img

Andijonda ommaviy mushtlashuv qilgan 7 nafar ayol 5 sutkaga qamaldi

Mojaro Instagram ijtimoiy tarmog‘ida boshlangan o‘zaro haqoratlar oqibatida yuzaga kelgan.

custom img

AQSHdagi o‘rmon yong‘inlaridan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q

Yong‘inlar fonida Bosh konsulxona vatandoshlarga murojaat qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"