Avstriyada to‘xtovsiz yomg‘ir sabab minglab qushlar nobud bo‘ldi
Ekofaollar ularni qutqarish uchun xayriya qilishmoqchi.

Havo namligi yuqori bo‘lgani sababli uchib ketayotgan qushlar oziqlanadigan hasharotlar deyarli yo‘q. Mazkur muammoga past harorat ham qo‘shilib, qushlarning holatiga taʼsir ko‘rsatgan. Yuzlab qaldirg‘ochlar deraza tokchalarida isinishga harakat qilmoqda, yo‘laklarda nobud bo‘lgan qushlar yotgani taʼkidlangan.
Hayvonlar huquqlari harakati faollari aholini jabrlangan qushlarni qutilarga yig‘ib, qutqaruv markazlariga olib kelishga chaqirgan. Shuningdek, qushlarni boqish uchun xayriya qilish so‘ralmoqda.







