O'zbekiston

“Inbazar”ning zo‘ravon xodimi qamaldi

Bugun unga nisbatan sud qarori chiqarildi.

“Inbazar”ning zo‘ravon xodimi qamaldi

Avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan Inbazar savdo markazi filialida xodim do‘konning boshqa bir vakili tomonidan kaltaklangani xabar qilingandi.

 

Bugun, 16 sentyabr kuni mazkur voqea jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudida Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks asosida ko‘rib chiqildi.

 

Sud qarori bilan xodimni kaltaklagan savdo markazi vakili Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topildi va unga 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Shuningdek, “samosud”ni tasvirga olgan yana bir xodim ham Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilib, 5 sutkaga qamaldi.

custom img

O‘zbekistonda 1,4 mln tonna maishiy chiqindi olib chiqilib, utilizatsiya qilindi

“Dolzarb 40 kunlik” tozalik tadbirlari doirasida hududlardan kuniga 30–40 ming tonna chiqindi olib chiqildi.

custom img

Istanbulda adashib masjidga kelib qolgan 13 yoshli o‘zbekistonlik qiz onasiga topshirildi

Masjid imomi xabar bergach, diplomatlar voyaga yetmagan bolani konsulxonaga olib kelib, uning yaqin qarindoshlari bilan bog‘langan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev maktab o‘quvchilari, ustoz va ota-onalarni Bilimlar kuni bilan tabrikladi

Davlat rahbari yangi o‘quv yili ta’lim tizimida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lishiga umid bildirdi.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi. Tashrif doirasida ShHT sammiti, “ShHT plyus” uchrashuvi va qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

custom img

Ziroat Mirziyoyeva Bishkekdagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi

SHHT sammiti doirasida qirg‘iz xalqining san’ati va an’analari namoyish etildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev nomiga Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan xorijdan tabrik maktublari kelmoqda

Xorijiy hamkorlar o‘z maktublarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro maydondagi faol rolini yuqori baholagan.

custom img

O‘zbek tilini o‘rganish xalqaro darajaga chiqmoqda

Oksford talabalari uchun O‘zbekistonda Yozgi maktab o‘z ishini boshladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"