Turkiyaning Trabzon shahrini suv bosdi
Hodisa oqibatida bedarak yo‘qolgan bor.

Turkiyaning shimoli-sharqidagi Trabzon shahrida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida suv toshqinlari yuzaga keldi, daryolar toshib, yo‘llarni suv bosdi. Ayrim joylarda ko‘chkilar sodir bo‘lgan, ko‘plab binolar suv ostida qolgan.
Hozirda qurbonlar haqida maʼlumot yo‘q, ammo qutqaruvchilar bedarak yo‘qolgan bir fuqarosini qidirishda davom etmoqda.







