Qozog‘istonda qor yog‘ib, havo keskin sovishi kutilmoqda
Tunda harorat 2 va 7 darajagacha sovib ketishi mumkin.

26-sentyabr kuni mamlakatning janubi-sharqidagi tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmoqda. Yomg‘ir qorga aylanadi, tunda havo harorati 2 va 7 darajagacha sovib ketishi mumkin. Qolgan hududlarda shimoli-g‘arbiy antitsiklon taʼsirida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.
Respublika bo‘ylab shamol kuchayishi prognoz qilingan. Kechasi va ertalab mamlakat shimolida, shimoli-g‘arbida va sharqida tuman tushishi ehtimoli bor.
Kunduzi havo harorati pasayadi: mamlakat g‘arbida 18-26 darajagacha, shimolda va sharqda 5-10, markazda 7-15, janubda 12-20, tog‘li hududlarda esa 2-10 darajagacha harorat kuzatiladi.







