Toshkentda psixotrop dori sotuvchi shaxslar ushlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Toshkent viloyatining Sergeli tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar Sh.T. va boshqalar 140 dona “Regapen” nomli inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini fuqaro U.S.ga 7,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







