Jahon

Fransiyada Marin Le Pen ustidan sud jarayoni boshlandi

Sud majlislari noyabr oyining o‘rtalariga qadar davom etadi.

Fransiyada Marin Le Pen ustidan sud jarayoni boshlandi

Le Pen va Fransiyaning o‘ta o‘ng “Milliy birdamlik” partiyasining boshqa aʼzolari Yevropa Ittifoqi mablag‘larini o‘zlashtirganlikda hamda Yevroparlament deputatlarining yordamchilarini soxta yollash yo‘li bilan partiyani yashirincha moliyalashtirganlikda ayblanmoqda. Agar Marin Le Pen aybdor deb topilsa, u 2027 yilgi prezidentlik saylovida qatnasha olmaydi.

 

Ayblov xulosasiga ko‘ra, “Milliy birdamlik” partiyasidan Yevroparlament deputatlariga yordamchi sifatida yollangan odamlar aslida Yevropa Ittifoqidagi vakillari uchun emas, balki shaxsan Le Pen yoki uning partiyasi uchun ishlagan.

 

Yevropa Ittifoqiga yetkazilgan zarar deyarli 7 million yevroga baholanmoqda. Maʼlum qilinishicha, Marin Le Pen allaqachon Yevroparlamentga 330 ming yevroni qaytarib bergan. Ushbu ayblov uchun eng yuqori jazo o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishdir.

 

Marin Le Pen bilan birga uning singlisi Jan va sobiq sherigi Lui Alio ham sud jarayoniga tortilgan. Marin Le Penning otasi, 96 yoshli Jan-Mari Le Pen ham ayblanuvchilar ro‘yxatida, biroq unga sog‘lig‘i sababli sud majlislarida qatnashmaslikka ruxsat berilgan. Ishda jami 27 kishi ishtirok etmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Fransiyada Marin Le Pen ustidan sud jarayoni boshlandi | Zamon.uz