Hindistonda iPhone qurilmalari ishlab chiqaruvchi zavod yonib ketdi
Bu yangi iPhone 16 uchun tarkibiy qismlar yetkazib berish zanjiriga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Hindistonning Xosur shahridagi Tata Elestronics zavodida yong‘in yuz berdi. Bu haqida mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, zavod Apple smartfonlari uchun butlovchi qismlar, masalan, orqa panellar va boshqalarni ishlab chiqaradi.
Yong‘in shanba kuni ertalab 5:30 larda sodir bo‘lgan. Oqibatda bino tomi qulab tushgan. Hodisa uyali telefon aksessuarlarini bo‘yash ustaxonasida sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Yong‘in payti binodan 523 kishi evakuatsiya qilingan, yana 10 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan, tergov davom etmoqda.







