Jahon

Ukraina qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqda

Bu mamlakatning G‘arb harbiy yordamiga bog‘liqligini kamaytiradi.

Ukraina qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqda

Amerika urushni o‘rganish instituti maʼlumotiga ko‘ra, Ukraina mahalliy qurol ishlab chiqarishni kengaytirish va uchuvchisiz tizimlar sohasida Rossiyadan ustunligini saqlab qolish bo‘yicha saʼy-harakatlarini davom ettirmoqda.

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 1 oktyabr kuni Ukraina kompaniyalari hozirda yiliga 4 million dron ishlab chiqarishi mumkinligini aytdi, rasmiylar esa hozirgacha 1,5 million dona dron ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqinda Rossiya 2024 yilda dron ishlab chiqarish hajmini 10 barobarga oshirib, 1,4 million donaga yetkazishni rejalashtirayotganini aytdi.

 

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina har oy 15 ta “Bogdan” o‘ziyurar artilleriya tizimini ishlab chiqarishi mumkinligini taʼkidladi.

 

Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerovning bayonotlariga ko‘ra, Ukraina dronlar va uzoq masofali raketalar, jumladan ballistik raketalarni mahalliy ishlab chiqarishga ustuvor ahamiyat berishda davom etmoqda.

 

ISW hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainaning mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi saʼy-harakatlari uzoq muddatda uning G‘arb harbiy yordamiga bog‘liqligini kamaytiradi, biroq hozircha Kiyev himoyalanish uchun hamon G‘arbning muhim yordamiga muhtoj.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Ukraina qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqda | Zamon.uz