“Tolibon” Rossiyada “qora ro‘yxat”dan chiqarilyapti
Bu bo‘yicha bir qarorga kelingani aytilmoqda.

Rossiya hukumati “Tolibon”ni terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqaradi va bu haqida tez orada eʼlon qilinadi.
“Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish qarori eng yuqori darajada qabul qilingan, biroq qonuniy tartib-qoidalarga rioya qilish lozim”, – deydi Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha vakili Zamir Kabulov.
Kabulov avvalroq “Tolibon”ni Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish jarayonlari muvaffaqiyatli davom etayotganini bildirgandi.







