Polsha Rossiya bilan chegarada mudofaa istehkomlarini qurmoqchi
Qurilish ishlari 2028 yilda yakunlanadi.

Polsha yil oxirigacha Belarus va Rossiya bilan chegarasida mudofaa istehkomlarini qurishni boshlaydi. Bu haqida Polsha Mudofaa vaziri o‘rinbosari Sezari Tomchik maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, loyiha Rossiya va Belarus bilan chegarada mudofaa istehkomlari, to‘siqlar, bunkerlar va razvedka tizimlari tarmog‘ini qurishni o‘z ichiga oladi.
Mudofaa obyektlari qurilishining qiymati 10 milliard zlotiy, yaʼni 2,5 milliard AQSH dollaridan ortiq, deya baholanmoqda.







