Telegram so‘nggi uzilishlarni Yaqin Sharqdagi nizo bilan izohladi
Hozirda barcha texnik muammolar hal qilingan.

Kompaniya bayonotida aytilishicha, Isroil, Livan va Erondagi so‘nggi voqealar tufayli messenjer “misli ko‘rilmagan qiyinchilikka” duch kelgan, buning natijasida so‘nggi bir necha kun ichida foydalanuvchilar nosozliklarni boshdan kechirishdi.
Maʼlumot uchun, 1-oktabrga o‘tar kechasi Isroil harbiylari Livan janubida quruqlikdan operatsiyani boshladi, o‘sha kuni kechqurun Eron Isroilga qarshi yirik raketa hujumi uyushtirdi va 200 ga yaqin raketa uchirdi.







