Jahon

Xitoyliklarni olib ketayotgan mashinalar portlatib yuborildi

Xitoyning Pokistondagi elchixonasi ikki xitoylik fuqaro halok bo‘lgani va yana bir kishi jarohatlangani haqida maʼlum qildi.

Xitoyliklarni olib ketayotgan mashinalar portlatib yuborildi

Kecha kechqurun Pokistonda, Karachi aeroporti yaqinida mamlakatda elektr stansiyalarini qurayotgan Xitoy kompaniyasi avtomobillari karvoni portlatib yuborildi.

 

Pokiston politsiyasining matbuotga maʼlum qilishicha, o‘n nafar yarador shifoxonaga yetkazilgan, ulardan biri og‘ir ahvolda.

 

Bu harakat uchun masʼuliyatni Balujiston viloyatining Pokistondan ajralib chiqishi tarafdori bo‘lmish “Balujiston ozodlik armiyasi” guruhi o‘z zimmasiga oldi. U bir necha yillardan buyon mamlakatning turli obyektlarida xitoylik ishchilarga hujumlar uyushtirmoqda va bunga baluchlar minerallarga boy provinsiyadagi Xitoy loyihalaridan keladigan foydadan adolatli ulush olmaganliklarini sabab qilib ko‘rsatishmoqda.

 

Balujlar — Pokiston, Eron va Afg‘oniston chegaralari bilan bo‘lingan xalq. Pokistonning Balujiston viloyatida aholining uchdan bir qismidan sal ko‘prog‘ini balujlar tashkil qiladi.

 

Xitoy elchixonasi bayonotida aytilishicha, portlash sodir bo‘lgan joydagi fuqarolar Karachi yaqinidagi “Qosim” portida ikkita ko‘mir yoqilg‘i stansiyasini qurayotgan Port Qasim Power Generation Co Ltd kompaniyasida ishlaydi.

custom img

Erondagi vaziyat Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikistonga ta’sir qilishi mumkin

2025-yilning birinchi yarmida Tojikiston Erondan 600 mln dollarlik mahsulot import qilgan.

custom img

Mojtaba Xomanaiy marhum otasi tomonidan tayinlangan amaldorlarni lavozimida qoldirdi

Farmonga ko‘ra, ular ishlarini davom ettirib, marhum Ali Xomanaiydan olgan ko‘rsatmalariga amal qilishi lozim.

custom img

BAA havo hududining qisman yopilishi 23-martgacha uzaytirildi

Cheklovlar AQSH–Isroil va Eron o‘rtasidagi harbiy keskinlik fonida joriy etilgan.

custom img

Tramp Minobdagi maktab hujumi bo‘yicha AQSh javobgarligini rad etdi

Vashington hujum sabablarini aniqlash uchun tergov olib bormoqda.

custom img

Netanyaxuning oʻlimini rad etuvchi video sun’iy intellekt yordamida yaratilgan

Videoda qahva idishidagi suyuqlik harakat qilmagan va miqdori kamaymagan.

custom img

BAAda Eron havo hujumlari oqibatida besh fuqaro va ikki harbiy halok bo‘ldi

Yana 145 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan.

custom img

Rim papasi Eron bilan urush Xudo tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani haqidagi fikrlarni tanqid qildi

Shuningdek, u tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatib, mintaqadagi zo‘ravonlikka barham berishga chaqirdi.

custom img

Yaqin Sharqdagi urush saratonni davolash uchun zarur dorilar ta’minotini xavf ostiga qo‘ydi

Dori-darmonlarini yetkazib berishdagi kechikishlar saratonga chalingan bemorlarda kasallikning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Xitoyliklarni olib ketayotgan mashinalar portlatib yuborildi