Rossiya Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
Bu haqida Armaniston bosh vaziri matbuot kotibi xabar berdi.

Rossiya chegarachilari Armaniston va Eron chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktini qo‘riqlashni to‘xtatadi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi uchrashuvda shu haqda kelishib oldi.
Armaniston bosh vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryanning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab nazorat-o‘tkazish punktida nazorat to‘liq Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) chegara qo‘shinlari tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, MXX chegara qo‘shinlari Armanistonning Eron va Turkiya bilan davlat chegaralarini himoya qilishda ishtirok etadi.
Xabarda aytilishicha, Pashinyan Armaniston mustaqillikka erishganidan beri Armaniston va Eron o‘rtasidagi chegara nazorat punktida rossiyalik chegarachilar xizmati uchun Putinga minnatdorchilik bildirgan.







