Jahon

Vengriya Ukrainaga kredit berilishiga to‘sqinlik qilmoqda

Bu masala AQSHdagi prezidentlik saylovidan so‘ng hal qilinadi.

Vengriya Ukrainaga kredit berilishiga to‘sqinlik qilmoqda

Vengriya Ukrainaga 35 milliard yevro miqdorida kredit berilishiga to‘sqinlik qilmoqda.

 

Budapesht Yevropa Ittifoqiga Rossiya Federatsiyasi aktivlarini 3 yil muddatga muzlatishga ruxsat bermadi. Endi YEI bu qarorni har olti oyda qayta ko‘rib chiqishi kerak.

 

“Shuningdek, Vengriya Ukrainaga avvalroq eʼlon qilingan kreditning berilishini shubha ostiga qo‘ydi”, deb xabar berdi Euronews telekanali.

 

Yevropa Ittifoqining qolgan davlatlari Rossiya aktivlarini muzlatish muddatini uzaytirish va Ukrainaga 35 milliard yevro ajratish qarorini qo‘llab-quvvatladi.

 

“Biz bu masala Qo‘shma Shtatlardagi saylovlardan keyin hal qilinishi kerak, deb hisoblaymiz. Biz bo‘lajak AQSH maʼmuriyati bu masalada qaysi yo‘nalishda harakat qilishini ko‘rishimiz kerak”, — dedi Vengriya moliya vaziri Mixay Varga.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy saylovlardan keyin ikki yo‘lni tanlashi mumkin: tinchlikni tiklash yoki “urushni davom ettirish”.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Vengriya Ukrainaga kredit berilishiga to‘sqinlik qilmoqda | Zamon.uz