Jahon

Dori vositalarini qalbakilashtirayotgan jinoiy guruh ushlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dori vositalarini qalbakilashtirayotgan jinoiy guruh ushlandi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi va viloyat DXX xodimlari tomonidan Farg‘ona va Namangan viloyatlarida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati xabar qildi.

 

Tezkor tadbir davomida Lacetti avtomobili ko‘zdan kechirilganda, sifatida kafolatlanmagan dori vositalari olib ketilayotganligi aniqlangan. So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu dori vositalari olingan Qo‘qon shahridagi xonadon va mazkur dorilar sotiladigan dorixona tekshirilgan. Oqibatda xonadonda sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan, dorixonada esa sotilayotgan qalbaki dori vositalari aniqlangan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, mazkur 42 215 dona sifati kafolatlanmagan, qalbaki dori dorilarning umumiy qiymati 504 mln so‘mni tashkil etgan.

 

Xonadonda qiymati 128 mln so‘mlik jami 4 turdagi 1030 dona qalbakilashtirilgan dori vositalari va 13 976 dona qalbaki dorilarni tayyorlash uchun dori vositalari qadog‘i, o‘ramlari va yorliqlari borligi aniqlangan.

 

Tezkor tadbir davom ettirilib, dori vositalarini Farg‘ona shahrida qalbakilashtirayotgan shaxs ham ushlangan. Ushbu shaxs tomonidan Namangan viloyatida yashovchi shaxsga qalbakilashtirilayotgan dori vositalarining o‘rami, qadog‘i, qutisi, firma belgisi yo‘riqnomalarini buyurtma berish orqali tayyorlatib, olib kelinganligi maʼlum bo‘lgan. Farg‘ona shahrida ushbu shaxs tomonidan boshqa fuqarolarni jalb qilgan holda "Askorbin kislotasi", “Deksametazon” kabi dorilarning har bir ampulasini 100 so‘m evaziga yozuvlarini o‘zgartirgan. Natijada soxta belgi va yorliqlar qo‘yilib, dori vositalarini qalbakilashtirish orqali boshqa dorilar tayyorlab, dorixonalarda sotib kelingan.

 

Mazkur tezkor tadbir davomida umumiy qiymati 1 mlrd so‘mlik 46 246 dona qalbaki va sifati kafolatlanmagan dori vositalari hamda 13 976 dona dori vositalarini qalbakilashtirishda foydalaniladigan dorilarning qadog‘i, o‘rami va yo‘riqnomalari daliliy ashyo sifatida olingan.

 

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.