“Milton” to‘foni sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Florida gubernatori bu raqam ortishi mumkligini aytdi.

Shtat gubernatori Ron Desantis halok bo‘lganlar haqida yangilangan maʼlumotlarni taqdim etib, yakuniy maʼlumotlar boshqacha bo‘lishi mumkinligini taʼkidladi. Avvalroq dovul oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Ayni paytda Floridada 2,6 millionga yaqin aholi elektr taʼminotisiz qolmoqda. Milton rekord darajadagi yog‘ingarchilikni keltirib chiqargan Sent-Pitersberg shahri ichimlik suvi taʼminotini tikladi, biroq aholidan hali ham suvni qaynatib ichish talab qilinmoqda.







