O'zbekiston

Prezident Turkmanistondagi xalqaro forumda qatnashdi

Forum Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlandi.

Prezident Turkmanistondagi xalqaro forumda qatnashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-oktyabr kuni Ashxobod shahrida turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan "Zamon va sivilizatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi - tinchlik va taraqqiyot asosi" mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi.

 

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida o‘tgan tadbirda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Osif Ali Zardariy, Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Armaniston Respublikasi Prezidenti Vaagn Xachaturyan, xorijiy davlatlar parlamentlari rahbarlari va yuqori martabali vakillari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar boshliqlari ishtirok etdi.

 

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida forumning o‘tkazilishi xalqlarimiz o‘rtasidagi birodarlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash, mamlakatlarimizni bir-biriga yana-da yaqinlashtirish, boy maʼnaviy merosimizni butun dunyoga targ‘ib qilish yo‘lida ulkan amaliy qadam bo‘lishini  taʼkidladi.

 

Maxtumquli Firog‘iyning ijodiy merosi nafaqat Sharq mumtoz sheʼriyatini, balki jahon adabiyotini ham boyitganligi qayd etildi.

 

O‘zbekistonda Maxtumquli ijodi yuksak qadrlanadi. Shoir Xiva shahridagi Sherg‘ozixon madrasasida tahsil olib, dunyoviy va diniy ilmlarni o‘rgangan. U buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyni chuqur hurmat qilgan.

 

Joriy yilda O‘zbekistonda Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi keng nishonlanayotgani taʼkidlandi.  Anjuman, seminar, adabiy kecha, tanlov, spektakllar va boshqa tadbirlar o‘tkazilmoqda. O‘zbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan shoir haqida hamkorlikda badiiy film suratga olindi.

 

O‘zbekiston yetakchisi Turkmaniston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan "Xalqaro tinchlik va ishonch yili" doirasida kelgusi yili Ashxobod shahrida global sammit o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatladi.

 

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekiston Prezidentiga mazmunli nutq hamda Maxtumquli Firog‘iy xotirasini abadiylashtirish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar uchun minnatdorlik bildirib, davlatimiz rahbari turkman shoiri va mutafakkiri tavalludining 300 yilligi munosabati bilan medal bilan mukofotlanishini maʼlum qildi.

 

Tadbir nihoyasida forumning yakuniy hujjati qabul qilindi.

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Hozirda ular ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ishlar olib borilmoqda.

Ustyurtda yangi kon: “Qoratau”dan gaz va kondensat olindi

Ustyurtda yangi kon: “Qoratau”dan gaz va kondensat olindi

Endilikda kondan sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan tabiiy gaz va kondensat oqimini olish mumkin.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezident Tojikiston yetakchisiga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va birodar davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilagan.

Talonchi soliqchilar: Qarshida inspektorlar 122,6 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Talonchi soliqchilar: Qarshida inspektorlar 122,6 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Ular pulni soliq qarzdorligini so‘ndirish maqsadida olib, keyinchalik o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Ekologik ekspertiza xulosasi: uni endi onlayn olish mumkin

Ekologik ekspertiza xulosasi: uni endi onlayn olish mumkin

Belgilangan to‘lov ham onlayn amalga oshiriladi.

Suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi: 5 oktyabrdan o‘chiriladi

Suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi: 5 oktyabrdan o‘chiriladi

2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda yomg‘ir oldidan shamol kuchayishi sabab qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Juda ko‘p miqdordagi firibgarlik: gumonlanuvchi Gruziyada qo‘lga olindi

Juda ko‘p miqdordagi firibgarlik: gumonlanuvchi Gruziyada qo‘lga olindi

Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlari ishtirokida fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.

Prezident Turkmanistondagi xalqaro forumda qatnashdi | Zamon.uz