AQSHdagi universitet yaqinida otishma yuz berdi
Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

Shanba kuni kechqurun Neshvildagi Tennessi universiteti kampusidan bir necha blok narida sodir bo‘lgan otishmada bir kishi halok bo‘ldi, kamida to‘qqiz kishi yaralandi.
Politsiya vakilining jurnalistlarga aytishicha, besh nafar jabrlanuvchi tez yordam mashinasida shifoxonalarga yetkazilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasalxonaga yotqizilganlarning baʼzilari otishmaga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Otishmaga sabab bo‘lgan holatlar nomaʼlum. Hibsga olinganlar haqida maʼlumotlar yo‘q. Jabrlanuvchining shaxsi oshkor etilmagan.







